» » “AvtoVAZ” joriy yilda O‘zbekistonda qariyb 10 mingta Lada avtomobili sotishni rejalashtirmoqda

“AvtoVAZ” joriy yilda O‘zbekistonda qariyb 10 mingta Lada avtomobili sotishni rejalashtirmoqda


“AvtoVAZ” joriy yil O‘zbekistonda 10 mingga yaqin Lada avtomobili sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 24-aprel kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan Expo-Russia Uzbekistan ko‘rgazmasida kompaniyaning tashqi bozor marketingi bo‘yicha menejeri Pyer Doluaga tayanib Spot xabar qiladi.

2018-yilda O‘zbekistondagi Lada avtomobillarining sotuvi 357% ga ortib, qariyb 3 ming avtomobil o‘z egalarini topdi:

“‘AvtoVAZ’ uchun O‘zbekiston asosiy bozorlardan biri sanaladi. Mamlakatda avtomobillar sotuvi juda tez o‘sib bormoqda, shu jumladan, yangi avtomobillar liniyasi ham bunga sabab bo‘lmoqda”, — deydi kompaniya vakili.

Roodell (O‘zbekistondagi rasmiy importyor) direktori Daniyar Davletyarovning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili mamlakatda savdo hajmi uch barobarga oshgan. Joriy yilda savdo hajmi o‘sib bormoqda: uch oy ichida kompaniya taxminan 1200 dona avtomobil sotdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda Lada rusumidagi avtomobillar Rossiya va jahon bozorlariga parallel ravishda yangilanadi. Misol uchun, kompaniya joriy yilning ikkinchi yarmida rasmiy taqdimoti o‘tgan yilning avgust oyida bo‘lib o‘tgan Lada Vesta Sport’ni yetkazib berishni boshlash niyatida.

O‘zbekistonda ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha rejalar haqida so‘ralganda, Pyer Dolua “bu haqda gapirishga hali erta, biroq, sotuv o‘sishda davom etsa va davlat bizni qo‘llab-quvvatlanishini anglasak, muzokaralarga ochiqmiz”, — deb javob berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2019, 06:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 3) ( 0) ( 3) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют