» » Ahmad Yassaviy maqbarasi yaqinida dahshatli kashfiyot qilindi (video)

Ahmad Yassaviy maqbarasi yaqinida dahshatli kashfiyot qilindi (video)


Turkistonda quruvchilar ikki metr chuqurlikda poydevor uchun chuqur qazish ishlarini amalga oshirayotgan chog‘da inson qoldiqlarini topgan, deya xabar beradi Tengrinews.

Sharqiy hamom qurilishi davom etayotgan joyda Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasi yonida dahshatli kashfiyotlar topilgan. Bosh va boshqa suyaklar u yerda qanday paydo bo‘lgani aniq emas, bunga izoh berilmagan. Mahalliy arxeologlarning fikricha, quruvchilar XVI —XVIII asrlarga oid qadimgi qabrlarga duch kelgan.

Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, tezkor arxeologik tekshiruv o‘tkaziladi. Ammo obyektni o‘rganish qiyin kechadi, chunki hozir u xususiy hudud hisoblanadi.

Shunisi e’tiborga molikki, ilgari arxeologlar rasmiylarga qurilish ishi boshlanishidan oldin mazkur joyni maxsus tadqiq etish zarurligi haqida ogohlantirgan.

“Biz arxeologik qazishmalarni faqatgina buyurtma orqali olib bora olamiz, sababi bu qurilish maydoni. Biz ularga arxeologik xulosani berdik, unda arxeologik tekshiruv qurilish boshida amalga oshirilishi zarurligini ko‘rsatilgan. Afsuski, bunday bo‘lmadi. Nima sababdan tadqiqot o‘tkazilmadi? Sababi, bizga hech kim buyurtma bermagan”, — deydi arxeolog Bakitjan Nurxanov.

Yangilik mahalliy aholini sarosimaga solgan. Ular qachonlardan maqbara yaqinida qabriston bo‘lganini eslashadi. “Bu yerlarda qabrlar bo‘lgan. Odamlar yaqinlarini maqbaraga yaqin joyda ko‘mishga harakat qilgan. Marhumlarni bezovta qilib bo‘lmaydi. Ularni oq matoga o‘rab, imomga Qur’on tilovat qilish uchun olib borish hamda qaytadan ko‘mish lozim”, — deydi Sunatulla Holiqberdiyev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2019, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 28) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют