» » Shri-Lankadagi teraktlarda avval e’lon qilinganidan 100 nafar kam odam halok bo‘lgani ma’lum bo’ldi

Shri-Lankadagi teraktlarda avval e’lon qilinganidan 100 nafar kam odam halok bo‘lgani ma’lum bo’ldi


Shri-Lanka Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 21-aprel — Pasxa kuni yuz bergan teraktlarda avval xabar qilinganidek 359 kishi emas, balki 253 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligining qayd etishicha, avvalgi hisob-kitoblarda xatolik yuz bergan. Shri-Lanka mudofaa vaziri o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar soni o‘likxonalar tomonidan jasadlar miqdori haqida noaniq raqamlar taqdim etilgani sabab qayta ko‘rib chiqilgan.

“Halok bo‘lganlar 250 yoki 260 kishi bo‘lishi mumkin. Aniq aytolmayman. Jasad bo‘laklari shu qadar ko‘pki, aniq raqam aytish qiyin”, — deydi Shri-Lanka sog‘liqni saqlash xizmati rahbari Anil Jasinge.

21-aprel kuni Shri-Lankada sakkizta portlash yuz bergan edi: dastlabki olti portlash ertalab deyarli bir vaqtda, keyingi ikkitasi esa bir necha soat o‘tgach sodir bo‘lgan edi.

Kolombo shahridagi mehmonxonalarda uchta, shahardagi katolik cherkovlarida yana uchta terakt amalga oshirilgan, yettinchi portlash orolning g‘arbiy qismida, sakkizinchisi esa Kolombo yaqinidagi turar joy majmuasida yuz bergan.

23-aprel kuni halok bo‘lganlar soni 350 kishidan oshgani aytilgan edi. Shu kunning o‘zida teraktlar uchun javobgarlikni IShID terrorchilik tashkilot o‘z zimmasiga olgan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2019, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют