» » SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketasi Kanaveral burnidagi kosmodromdan muvaffaqiyatli uchirildi

SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketasi Kanaveral burnidagi kosmodromdan muvaffaqiyatli uchirildi


EchoStar-23 telekommunikatsiya sun’iy yo‘ldoshini tashuvchi Falcon 9 raketasi Florida shtatining Kanaveral burnidagi kosmodromdan uchirildi. Bu haqda SpaceX kompaniyasi mutasaddilari ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

Raketa 16-mart, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan 11:00 da parvoz qildi. Sun’iy yo‘ldosh startdan 34 daqiqa o‘tib mo‘ljallangan orbitaga chiqishi ko‘zda tutilgan. 

EchoStar-23 sun’iy yo‘ldoshi Janubiy Amerika hududida teleuzatishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Og‘irligi 5,5 tonna bo‘lgan qurilma geostansionar orbitada 35 ming kilometrga yaqin balandlikda ishlashi lozim.

Eslatib o‘tamiz, аvvaliga raketa uchirilishi 14-martga mo‘ljallangan, biroq kuchli shamollar tufayli parvoz qoldirilgandi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-03-2017, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 71) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют