» » YPX xodimiga qarshilik ko‘rsatib, uni obro‘sizlantirgan g‘uzorlik fuqarolarga sud hukmiga ko‘ra qamoq jazosi tayinlandi

YPX xodimiga qarshilik ko‘rsatib, uni obro‘sizlantirgan g‘uzorlik fuqarolarga sud hukmiga ko‘ra qamoq jazosi tayinlandi


Qashqadaryo viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi xodimi Zafar Pardayevga o‘z xizmat vazifasini bajarishda qarshilik ko‘rsatib, YPX xodimiga bo‘ysunmasdan 50 nafar fuqaroni yig‘ib, “tomosha ko‘rsatgan” g‘uzorlik fuqarolarga qamoq jazosi berildi. Bu haqda “Daryo”ga Qashqadaryo viloyat YHXB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qashqadaryo viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, joriy 21-mart kechki payt 17:00 da G‘uzor tumanining “Qo‘shtepa” mahallasida o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan xodim Matiz rusumli davlat raqami 70 V 629 NA bo‘lgan avtomobil haydovchisini xavfsizlik kamarini taqmaganligi uchun to‘xtatib, haydovchining spirtli ichimlik iste’mol qilib avtomobil boshqarib kelayotganligiga shubha qilgan va haydovchini tibbiy ekspertizaga chorlagan.

Shunda fuqarolar K.T. J.Sh va F.T.lar bayram dasturxonidan qaytishda hamqishlog‘iga yordam bermoqchi bo‘lib, inspektor Zafar Pardayevga qarshilik ko‘rsata boshlagan. Xodim harakatiga to‘sqinlik qilib, IIB xodimini obro‘sizlantirishga harakat qilgan. Ular qishloqdoshlaridan iborat 50 nafar kishini atrofiga to‘plab, YPX xodimini haqorat qilib, uni obro‘sizlantirish maqsadida videoga olgan va holatni syomka qilib internetda tarqatgan.

Fuqarolar K.T. J.Sh va F.T.larning xatti-harakati G‘uzor tuman Ma’muriy sudi tomonidan 16-aprel kuni ko‘rib chiqilib, uchovlonga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi (Militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi va 195-moddasi (Militsiya xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) bilan ish ochib, J.Sh.ga 10 sutka, K.T.ga 7 sutka va F.T.ga 5 sutka qamoq jazosi tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют