» » O‘zbekistonda 2017-yilda tibbiy yordam xizmati uchun 1200 ta maxsus avtomobil sotib olinadi

O‘zbekistonda 2017-yilda tibbiy yordam xizmati uchun 1200 ta maxsus avtomobil sotib olinadi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-mart kuni “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Farmon matni O‘zA tomonidan e’lon qilindi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev shoshilinch tibbiy yordamni takomillashtirish haqidagi farmonni imzoladi

Farmon sharhida qayd etilishicha, shoshilinch tibbiy yordam “xizmati faoliyatida kuzatilayotgan kamchiliklarga tizimda avtotransport vositalari bilan bog‘liq masalalar ham sabab bo‘layotgani ko‘pchilikka ma’lum”.

Endilikda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Tez tibbiy yordam stansiyalariga avtotransport xizmatini ko‘rsatish Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining ixtisoslashtirilgan avtotransport korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.

“Bu esa avtotransport vositalarining har doim soz holatda bo‘lishini va kerakli manzilga o‘z vaqtida yetib borishini ta’minlashga xizmat qiladi”, — deyiladi farmon sharhida.

Ayni vaqtda kechiktirib bo‘lmaydigan vaziyatlarda ko‘plab insonlarning hayotini saqlab qolish maqsadida shoshilinch tibbiy yordam xizmati muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tizimning transport parkini boyitish uchun davlat byudjeti va boshqa mablag‘lar hisobidan 1200 ta tez tibbiy yordam avtomobili xarid qilinadigan bo‘ldi.

Mavzuga doir: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filiali tashkil etiladi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-03-2017, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют