» » Milliy gvardiyaning Surxondaryo bo‘limi harbiylari uchun har haftaning chorshanbasi “kitobxonlik kuni” deb belgilandi

Milliy gvardiyaning Surxondaryo bo‘limi harbiylari uchun har haftaning chorshanbasi “kitobxonlik kuni” deb belgilandi


O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Surxondaryo viloyat bo‘linmasi harbiy xizmatchilari Termiz shahridagi Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida kitobxonlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Kutubxonaga a’zo bo‘ldi, deb yozadi O‘zA.

“Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning asosiy bandlaridan biri – yoshlarni ma’naviy barkamol va kitobxon etib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. Shu maqsadda har haftaning chorshanbasi kitobxonlik kuni, deb belgilandi. Zamonaviy axborot-kutubxona markazi bilan yaqin aloqani yo‘lga qo‘yganimiz harbiy xizmatchilar va muddatli harbiy xizmat burchini bajarayotgan askarlarimizning kitob mutolaasiga ehtiyojini yanada kengroq qondirishga ko‘maklashadi. Ularning ziyo maskaniga kelib-ketishi uchun maxsus transport vositasi ham ajratdik”, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Surxondaryo viloyat bo‘linmasi podpolkovnigi F.Usmonxo‘jayev.

Davlat rahbari ilgari surgan tashabbusni hayotga keng tatbiq etishga yo‘naltirilgan bu kabi ezgu ishlar yosh harbiylarning Vatanga muhabbat, qasamyodiga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlab, yurt osoyishtaligi, xonadonlarimiz obodligi va to‘kin turmushni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Yosh harbiylarning bo‘sh vaqtini foydali, mazmunli o‘tkazish hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

“Bu kutubxona bizga manzur bo‘ldi. Salobatli va ko‘rkam bino boy kitob fondiga ega ekan. Zamonaviy usulda jihozlangan o‘quv zallari, internetga ulangan resurs xonalaridan unumli foydalanish uchun barcha sharoit bor. Endilikda biz har haftaning chorshanba kuni bu maskanga kelib, o‘zimiz qiziqqan kitoblarni miriqib o‘qiymiz. Istasak, ma’lum muddatga o‘zimiz bilan olib ketamiz. Tarixiy, huquqiy, badiiy va boshqa kitoblarni mutolaa qilib, bilimimizni, ongu tafakkurimizni boyitamiz”, – deydi Xorazm viloyatidan muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan Og‘abek Matyoqubov.

Yosh harbiylar axborot-kutubxona markazidan o‘zlari sevgan kitoblarni tanlab, mutolaa qilishni boshladi. Elektron kitoblardan foydalanish ko‘nikmasini mustahkamladi.

Viloyat markazida yangidan qurilib, o‘tgan yili foydalanishga topshirilgan Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyat axborot-kutubxona markazi 300 ming kitob va 5 mingdan ortiq elektron kitob fondiga ega. Ma’rifat markazi bir yilda o‘rtacha 100 mingdan ziyod kitobxonga xizmat ko‘rsatadi. Salobatli ma’rifat maskanida Book-kafe va “Kitob olami” savdo do‘koni, Wi-Fi hududi faoliyat yuritmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют