» » Shavkat Mirziyoyev Ozbekistonning Xitoydagi elchixonasini borib kordi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Ozbekistonning Xitoydagi elchixonasini borib kordi (foto)


Xitoyda amaliy tashrif bilan bolib turgan Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-aprel kuni Ozbekistonning Pekin shahridagi elchixonasi yangi binosini kozdan kechirdi. Bu haqda OzA xabar bermoqda.

Keyingi yillarda Ozbekiston va Xitoy munosabatlari barcha sohalar, jumladan, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, texnologiyalar, energetika, madaniy-gumanitar yonalishlarda faol rivojlanib bormoqda.

Diplomatik vakolatxonaning uch qavatli yangi binosi fargonalik ustalar ishtirokida milliy bunyodkorlik ananalari va zamonaviy memorchilik yutuqlari asosida bunyod etilgan. Imorat Pekin shahri markazidagi Chaoyang ishbilarmonlik mavzesida, AQSh, Yaponiya, Malayziya, Singapur kabi davlatlar elchixonalari bilan yonma-yon joylashgan.

Bu yerda Ozbekiston Respublikasi fuqarolarini qabul qilish, sifatli konsullik xizmatlari korsatish, shuningdek, ularning huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish uchun barcha sharoit yaratilgan.

Birinchi qavatda muzokaralar, ishbilarmonlik va madaniyat tadbirlarini otkazishga moljallangan Samarqand, Buxoro, Xiva, Qoqon zallari joylashgan. Darvozadan kiraverishdagi ayvon xalq ananalari va boy madaniyatini aks ettirgan.

Davlat rahbari bu yerdagi sharoitlar bilan tanishar ekan, mazkur dargoh milliy uslubda bezatilganiga mamnuniyat bildirdi hamda u Xitoy tomonining mamlakat bilan hamkorlikka yuksak etibori namunasi ekanini takidladi.

Ushbu elchixona xalqlarni yanada yaqinlashtiradigan, turli sohalardagi ozaro manfaatli hamkorlikni kengaytiradigan, madaniyatlar bir-birini ozaro boyitadigan markaz boladi. Ozbekiston va Xitoy hamkorligini yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi goya va tashabbuslarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (26-04-2019, 17:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 3) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -