» » O‘zbekistonda 2019-yildan 9-1-1 xizmatining mahalliy muqobili ishga tushishi mumkin

O‘zbekistonda 2019-yildan 9-1-1 xizmatining mahalliy muqobili ishga tushishi mumkin


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-mart kuni “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Farmon matni O‘zA tomonidan e’lon qilindi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev shoshilinch tibbiy yordamni takomillashtirish haqidagi farmonni imzoladi

Farmonga ko‘ra, 2017-yilning 1-iyuligacha yagona ma’lumotlar bazasi va ma’lumotlarni uzatish tarmog‘ini yaratgan holda, tez tibbiy yordam brigadalarining faoliyatini tezkor boshqarish va muvofiqlashtirilishini ta’minlovchi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududiy filiallarining muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqiladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 2017-yilda tibbiy yordam xizmati uchun 1200 ta maxsus avtomobil sotib olinadi

“Chunki tez tibbiy yordam faoliyatida dispetcherlik xizmatlarini yaxshilash, uning kechayu kunduz samarali ishlashini ta’minlash bugungi kun talabidir”, — deyiladi farmon sharhida.

Shu munosabat bilan 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “O‘ztransgaz” kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlikda faoliyat yurituvchi muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari joriy qilinadi.

Mavzuga doir: Toshkent tez tibbiy yordam stansiyasi to‘liq Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga beriladi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-03-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют