» » Samarqandda yuk mashinasi 4 nafar fuqaroni urib yubordi. Ulardan 3 nafari halok bo‘ldi

Samarqandda yuk mashinasi 4 nafar fuqaroni urib yubordi. Ulardan 3 nafari halok bo‘ldi


Shu yil 24-aprel kuni soat 00.20 da Navoiy viloyatida yashovchi B.I. Howo sinotruk rusumli yuk mashinasida Narpay tumani, Oltio‘g‘il mahallasida yashovchi 4 nafar fuqaroni urib yubordi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmati ma’lum qildi.

Voqea oqibatida 3 nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi, bir nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizildi.

26-aprel kuni mazkur hodisa YHXB boshlig‘i o‘rinbosari U.Sharipov ishtirokida Oltio‘g‘il va Bedan mahallalari aholisi bilan birga muhokama etildi. Uchrashuvda ushbu mudhish yo‘l-transport hodisasiga sabab bo‘lgan omilar tahlil etilib, yo‘llarda harakatlanishda amaldagi qoidalarga qat’iy rioya qilish lozimligi ta’kidlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2019, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют