» » Buxoro viloyatidagi “Jayron” ekomarkazi rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilmoqda

Buxoro viloyatidagi “Jayron” ekomarkazi rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilmoqda


Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi “Jayron” ekomarkazida ekologik turizmni rivojlantirish maqsadida rekonstruksiya o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda, deya xabar beradi “Nuz.uz” sayti.

Qo‘riqxona ma’muriyatining xabariga ko‘ra, turistlarning ekomarkaz hududini kuzatishi va suratga olishida qulaylik tug‘dirish maqsadida maxsus kuzatuv maydonchalari ochiladi. Bundan qo‘riqxonaga tashrif buyuruvchilarning ortishi bilan birga shu yerdagi hayvonlarning yashash tarziga xalaqit bermaslik maqsad qilingan.

Qo‘riqxona yaqin kunlarda o‘zining 40 yillik yubileyini nishonlaydi. Yubiley munosabati bilan rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Hozirda ekomarkaz hududida 750 jayron, 119 qulun, 24 Prejivalskiy oti, Buxoro bug‘usi (xongul), buramashoxli tog‘ echkisi (morxur), Buxoro qo‘yi va boshqa ko‘plab noyob hayvonlar yashamoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-03-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют