» » Xorazmda “Fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida amaliy seminar o‘tkazildi (foto)

Xorazmda “Fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida amaliy seminar o‘tkazildi (foto)


Urganch shahrida joylashgan 96-sonli kar (eshitmaydigan) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internati va 32-sonli zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatida “Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish to‘g‘risida” ko‘rgazmali o‘quv amaliy seminari o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga Xorazm viloyati FVB xabar berdi.

Ushbu seminar Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari, viloyat YXB, tez tibbiy yordam va gaz ta’minoti xizmatlari bilan hamkorlikda “Fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida o‘quvchi va o‘qituvchilar ishtirokida o‘tkazildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qutqaruv otryadi va YXBning maxsus qidiruv-qutqaruv va yong‘in o‘chirish asbob-anjomlari namoyishlari o‘tkazildi. Ushbu o‘tkazilgan tadbirda 550 nafar o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan “Aholini zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish”, “Ovqatdan ommaviy zaharlanishlarni oldini olish”, “Tabiiy va is gazidan zaharlanish hamda havo gaz aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish” mavzularida suhbatlar o‘tkazilib, mavzularga oid 600 dan ziyod eslatma va bukletlar tarqatildi. Tadbirga 5 ta texnika va 15 nafar xodimlar jalb qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2019, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 58) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют