» » O‘zbekiston—Xitoy tibbiy texnologik parki ochilishi muhokama qilindi

O‘zbekiston—Xitoy tibbiy texnologik parki ochilishi muhokama qilindi


Innovatsion rivojlanish vaziri akademik Ibrohim Abdurahmonov va Shanxay farmakologiya instituti rahbari professor Jingshan Shen o‘rtasida ahdlashuv bayonnomasi imzolandi. Bu haqda “Daryoga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur hujjatga ko‘ra, Xitoy konsorsiumi bilan O‘zbekistonda turli dori vositalarining substansiyalarini sintez qilish bo‘yicha yirik texnologik platforma ochishga kelishildi. Bugungi kunda farmatsevtika cubstansiyalarini ishlab chiqarilishi uchun zarur infratuzilmalarni tashkil qilish mahalliy farmatsevtika sanoatini rivojlantirishning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lgani bois bu platformaning yaratilishi sohaning rivojlanishiga, import o‘rnini bosuvchi dori preparatlarini arzon narxlarda iste’molchilarga yetkazib berishga, eksport mahsulotlarining sonini oshirishga xizmat qiladi.

— Shu paytgacha O‘zbekistonda dori preparatlarining asosiy substansiyalari xorijdan olib kirilmoqda, — deydi I. Abdurahmonov. — Shu sababli bizda substansiyalar sintezini yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ega. Hozir Bioorganik kimyo institutida va O‘simlik moddalari kimyosi institutida dori vositalarining substansiyalarini olish bo‘yicha ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan, biroq aynan substansiyalarning sintezini amalga oshirish imkoniyati bo‘lmagan.

Dori preparatlari substansiyalari sintezi bilan shug‘ullanuvchi O‘zbekiston-Xitoy tibbiy texnologik parkini Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zonasida tashkil etish ko‘zda tutilgan bo‘lib, boshlang‘ich to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya miqdori muhokama qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют