» » Xalqaro valyuta jamg‘armasining Parijdagi ofisida portlash sodir bo‘ldi

Xalqaro valyuta jamg‘armasining Parijdagi ofisida portlash sodir bo‘ldi


Xalqaro valyuta jamg‘armasining Parijning Yena avenyusida joylashgan vakolatxonasi binosida pochta orqali yuborilgan o‘ram portlab ketdi. Portlash oqibatida vakolatxona xodimasi jabrlandi, uning yuzi va qo‘llari jarohatlangan. Bu haqda BFM TV xabar bermoqda, deb yozadi “Kommersant”.

XVJ xodimi ochgan o‘ramda kuchsizroq portlash qurilmasi bo‘lgan. “Bu allaqanday qo‘lbola vosita, uning parchalariga qarab, pirotexnika qurilmasi deb atash mumkin. Hozir uni politsiya mutaxassislari o‘rganmoqda”, — deydi Parij politsiyasi prefekti Mishel Kado.

Fransiya prezidenti Fransua Olland portlashni terakt deb atadi. “Biz teraktga duch keldik, gap jo‘natmadagi portlash qurilmasi haqida borar ekan, bunga boshqacha ta’rif berish mumkin emas”, — deydi janob Olland.

Uning so‘zlariga qaraganda, hukumat aybdorlarni topish va jazolash uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi.

Germaniya moliya vaziriga pochta orqali portlovchi modda joylashtirilgan paket yuborildi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-03-2017, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют