» » Ozbekistonda Aspara Fashion Week xalqaro moda haftaligi boshlandi (foto)

Ozbekistonda Aspara Fashion Week xalqaro moda haftaligi boshlandi (foto)


Ozbekistonda Qozogiston yili munosabati bilan yol xaritasida belgilangan Ozbekiston va Qozogiston hunarmandlari ortasida ozaro tajriba almashishni taminlash maqsadida UZBEKISTAN Aspara Fashion Week xalqaro moda haftaligi bolib otmoqda. Bu haqda Xotin-qizlar qomitasi xabar berdi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 2628-aprel kunlari Qozogistonning delegatsiyasi Toshkentga tashrif buyurgan.

Moda haftaligida jahonning yetakchi dizaynerlari va moda olamining taniqli vakillari, jahonga mashhur moda nashrlari, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda professional dizaynerlar va moda olamining mashhur vakillari ishtirok etadi. Shuningdek, tadbirda AQSh, Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Malayziya, Xitoy, Gruziya, Hindiston, MDH va boshqa xorijiy mamlakatlarning jahon moda sohasi mutaxassislari, xaridorlar, ijodkorlar tashrif buyuradi.

Moda haftaligi loyihasini Ozbekistonda tashkil etishdan asosiy maqsad mamlakatlar ortasida dostlikni mustahkamlash, mamlakatning boy madaniyatini namoyish etish, chet ellik mehmonlar va moda sohasi mutaxassislariga milliy liboslarning jozibasi, kiyinish madaniyatini dunyoga namoyish etish, ozbek xalqining boy merosiy sanatini va Osiyo identifikatsiyasini saqlab qolish hamda Markaziy Osiyo dizaynerlari ortasida bilim va raqobatbardoshlikni kuchaytirish, dizaynerlar ijodini ragbatlantirish, shuningdek, yosh dizaynerlarning Markaziy Osiyo mintaqasi va jahon podiumlar ishtirokiga keng yol ochishdan iborat.

Shu bilan birga, xalqaro moda haftaligini xorijiy sarmoyadorlar uchun jozibador qilish, milliy moda madaniyatining yangi qirralarini kashf etish, qolaversa, milliy matolarimizni dunyo miqyosida targib qilish, brend kiyim-kechaklar, sayyohlik va xizmat korsatish sohalarini jalb etishga qaratiladi.

Ozbekistonda otkazilayotgan mazkur xalqaro moda haftaligi ilk marotaba dunyo haftaliklari dasturiga kirishga yol ochadi.

Aspara Fashion Week xalqaro loyihasining konsepsiyasi Ozbekiston Xotin-qizlar qomitasi ayollarning bandligi masalalari, kichik va orta biznes korxonalari ortasida tadbirkorlikni rivojlantirish, xalqaro miqyosda xotin-qizlar faolligini oshirgan holda xalqaro moda maydonida integratsiyalashuvini taminlaydi.

Tadbir doirasida jahon modasining eng yaxshi namunalari namoyish etilib, Markaziy Osiyoning istedodli dizaynerlari tomonidan yaratilgan sanat namunalari va sharqona uslubdagi original yechimlar keng ommaga taqdim etiladi.

Moda haftaligi doirasida Ozbekistonda biznes uchrashuvlar tashkil etish, madaniyat yonalishida shartnomalar imzolash, tajriba almashish va ijodiy aloqalarni yolga qoyish kozda tutilgan.

Eslatib otamiz, 2018-yilning 812-oktyabr kunlari Taraz shahrida Aspara Fashion Week Taraz xalqaro moda haftaligining ikkinchi mavsumi bolib otgan. Unda dunyoning 18 ta mamlakatidan ishtirok etgan 29 nafar dizaynerlarning ijod namunalari namoyish etilgan. Shuningdek, mazkur tadbirga dunyoning 16 mamlakatidan moda olamining nufuzli mehmonlari tashrif buyurgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (26-04-2019, 22:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -