» » Fransiya janubi-sharqida litseyga hujum uyushtirildi. Sakkiz kishi yaralandi

Fransiya janubi-sharqida litseyga hujum uyushtirildi. Sakkiz kishi yaralandi


Fransiyaning Gras shahrida litseyga hujum uyushtirildi. Meduza’ning yozishicha, binoga inshootga bostirib kirgan erkak direktorga qarata o‘t ochgan.

Fransiya Ichki ishlar vazirligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, hodisa oqibatida sakkiz kishi jabrlangan.

Avvalroq kamida ikki kishi — litsey direktori va litseyda bo‘lgan yana bir odam yaralangani haqida aytilgan edi. Jarohatlar jiddiy emas.

Hujum uyushtirgan shaxs qo‘lga olingan, u shu litseyda o‘qiydigan 17 yoshli yigit bo‘lib chiqqan. Uning yonidan miltiq, ikkita to‘pponcha va ikkita granata topilgan.

Yigit nima uchun o‘z litseyiga hujum uyushtirgani hozircha noma’lum. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, uning sherigi ham bo‘lgan va u hodisa joyidan yashirinishga ulgurgan.

Gras politsiyasi mahalliy aholini uylarni tark etmaslikka chaqirdi. Hududda teraktlardan ogohlantirish tizimi ishga tushgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-03-2017, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют