» » APL. “Liverpul” yirik hisobda g‘alaba qozonib, “Manchester Siti”dan o‘zib ketdi (video)

APL. “Liverpul” yirik hisobda g‘alaba qozonib, “Manchester Siti”dan o‘zib ketdi (video)


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasi 36-turining ilk bahsida Yurgen Klopp boshliq “Liverpul” klubi o‘z maydonida “Haddersfild”ni sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuvning dastlabki daqiqasidayoq mersisaydliklar yarim himoyachisi Nabi Keyta hisobni ochgan bo‘lsa, uchrashuv davomida Sadio Mane (23, 66) hamda Muhammad Saloh (45+1, 83) dublga erishdi (5:0).

Shu tariqa “qizillar” “Haddersfild” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urib, g‘alaba qozondi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Liverpul” ochkolari sonini 91 taga yetkazib oldi va musobaqa yetakchiligini o‘z qo‘liga oldi. Undan bir pog‘ona ortda borayotgan “Manchester Siti” (bitta o‘yin kam) hisobida esa 89 ochko mavjud.

APL

36-tur bahsi

26-aprel, juma

Gollar: 1:0 — 1 Keyta, 2:0 — 23 Mane, 3:0 — 45+1 Saloh, 4:0 — 66 Mane, 5:0 — 83

“Liverpul”: Alisson, van Deyk, Robertson, Lovren, Aleksander-Arnold (Gomes, 88), Keyta, Henderson, Veynaldum (Shaqiri, 73), Mane, Starrij (Oksleyd-Chemberlen, 73), Saloh

“Haddersfild”: Lyossl, Kongolo, Smit, Durm, Gorens-Stankovich (Pritchard, 81), Bakuna, Hogg, Mbenza (Kachunga, 87), Shindler, Munye (Lyove, 65), Grant.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2019, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют