» » Avstraliyada millionlab mushuklar qirib tashlanadi

Avstraliyada millionlab mushuklar qirib tashlanadi


Avstraliya hukumati yovvoyi mushuklarga qarshi keng ko‘lamli urush boshlagan, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.

2020-yilga kelib, hukumat dasturi bo‘yicha ikki million mushukni “yo‘q qilish” rejalashtirilgan.

Mushuklar XVII asrda qit’aga olib kelingan va invaziv tur bo‘lib qolgan. Mushuklar sut emizuvchilarning taxminan 20 ga yaqin turining nobud bo‘lishiga, hattoki, Avstraliya endemiklarining kamayib ketishiga ham aybdor deb topilib, ular “zararkunandalar” deya e’tirof etilmoqda.

Avstraliyaning har bir shtatida o‘z qoidalari amal qiladi. Masalan, Kvinslendda har bir mushuk jasadi uchun 7 dollarlik mukofot e’lon qilingan. G‘arbiy Avstraliya shtatida esa samolyotlar yordamida mushuklarga zaharlangan kolbasa mahsulotlari tashlangan.

Ta’kidlash joizki, bu muammo faqatgina Avstraliyaga xos emas. Qo‘shni Yangi Zelandiya ham yovvoyi mushuklar populyatsiyasini kamaytirishga urinmoqda. 2050-yilga kelib, ulardan butunlay xalos bo‘lmoqchi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2019, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют