» » Kim Chen In ruscha harbiy qo‘shiqlar va Alla Pugachyovaning muxlisi bo‘lib chiqdi

Kim Chen In ruscha harbiy qo‘shiqlar va Alla Pugachyovaning muxlisi bo‘lib chiqdi


Rossiyaning Primorye o‘lkasi rahbari Oleg Kojemyako Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning rus tilidagi qo‘shiqlarni yoqtirishini aytdi. Bu haqida “RIA Novosti” xabar bermoqda.

KXDR rahbari “Katyusha”, “Reyd kechasi” harbiy qo‘shiqlarini va Alla Pugachyova ijrosidagi  “Million alvon atirgullar” kabi kompozitsiyalarni yoqtirishi qayd etildi. “Bu ashulalarni qo‘shnilarimiz yillar davomida sevib tinglab va kuylab kelgan. Rus an’analari va qo‘shiqlari haqidagi bilimlari bizni yaqinlashtiradi”, — deydi Kojemyako.

24-aprel kuni ertalab Kim Chen In birinchi marta Rossiyaga keldi. Xasan stansiyasida uni maktab o‘quvchilari milliy non bilan siylab kutib olishdi, keyin esa Shimoliy Koreya rahbari Vladivostokka jo‘nab ketdi. 25-aprel kuni u Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan birinchi rasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Keyinroq, Rossiya Federatsiyasining rahbari yordamchisi Yuriy Ushakov, ikki davlat rahbarlari aniq shartnomalarga erishmaganligini ma’lum qildi.

26-aprel kuni Kim Chen In o‘z zirhli poyezdida Rossiyani tark etdi. U tashrif yakunida Putin bilan fikr almashishi “juda mazmunli” bo‘lganini aytib o‘tdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2019, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют