» » Zangiotada bir advokat bir kunda 162 odamga xizmat ko‘rsatgani ma’lum bo‘ldi

Zangiotada bir advokat bir kunda 162 odamga xizmat ko‘rsatgani ma’lum bo‘ldi


Toshkentda fuqarolarga bepul yuridik xizmat ko‘rsatish yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Advokat” nashri.

Davra suhbatida Moliya vazirligi hamda advokatlar palatasi rahbariyati ishtirok etdi.

Moliya vazirligi departamentining bosh iqtisodchisi Lyubov Aleksandrovnaning ma’lum qilishicha, 2009-yildan 2018-yilni ham ichiga olgan davrgacha jinoyat ishlari bo‘yicha davlat budjetidan 75 milliard so‘m ajratilgan.

“67 foiz mablag‘ faqat shaharga to‘g‘ri kelmoqda. Bu yerda boshqa masala e’tiborga molik. Advokatlar xizmatini to‘lashga mablag‘ beradigan Moliya vazirligiga pul qanday sarflanayotgani haqida axborot berilmaydi. Bizga rahbariyat topshiriq beradi: ‘Boringlar va pul qanday sarflanayotganini bilib, bizga hisobot qilinglar’. Biz Toshkent viloyati va shaharga chiqdik, va mantiqqa zid va aqlga sig‘maydigan dalillarni aniqladik. Masalan, Zangiota tumanida bir advokat 2-yanvar kuni bir kunda 162 odamga xizmat ko‘rsatdi. Bu haqiqatga to‘g‘ri keladimi?”, — deya so‘zlarini davom ettiradi Moliya vazirligi mutasaddisi.

Advokatlar palatasi raisi Alim Ernazarov bu muammoga qisqa sharh berdi.

Uning aytishicha, “navbatchi advokatlar” deb ataladigan bunday advokatlar sohaning og‘riqli nuqtasi, chunki ular odatda huquqni muhofaza qilish organlari bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi.

“Siz to‘g‘ri ta’kidlab o‘tganingizdek, kuniga yuzdan ortiq ishlarni ko‘rib chiqadigan advokatlarga mablag‘ behuda to‘lanmoqda, chunki boshqa advokatlar bunday imkoniyatga ega emas, — izoh berdi u. — Bu yo‘nalishda biz hozir ish olib bormoqdamiz. Bu esa barcha advokatga teng ishlash huquqini berish uchun shart-sharoit yaratadi”.

“Biz ham tergovchilarning tayyor hujjatlarini imzolash bilangina shug‘ullanadigan ‘soxta’ advokatlar, davlat g‘aznasini o‘maruvchi korrupsion tizimdan faqat shu yo‘l bilan qutulish mumkin deb hisoblaymiz”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют