» » Samarqandda ShHT sammitiga tayyorgarlik ko‘rishda Sindao tajribasi o‘rganiladi

Samarqandda ShHT sammitiga tayyorgarlik ko‘rishda Sindao tajribasi o‘rganiladi


Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov boshchiligidagi samarqandlik rahbar va tadbirkorlardan iborat delegatsiya shu yilning 6—12-aprel kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Xenan hamda Shandun provinsiyalarida bo‘ldi, deb yozadi “Zarnews”.

Viloyat vakillari tashrif davomida 2018-yilda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti davlat rahbarlari sammitiga mezbonlik qilgan Sindao shahrida ham bo‘ldi.

Sammitni o‘tkazish ishlarini amalga oshirish uchun tayyogarlik ko‘rish obyekti ko‘zdan kechirildi. Unda davlat rahbarlarining uchrashuvlari o‘tkazilgan barcha obyektlarning maketlari, dasturiy ta’minoti, infrastrukturasi va sxemalari joylashtirilgan. Shuningdek, delegatsiya sammitning asosiy binolari bilan ham tanishdi.

Sindao shahri merining o‘rinbosari Syue Singo bilan o‘tkazilgan uchrashuvda 2022-yilda Samarqandda o‘tkazilishi kutilayotgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti davlat rahbarlarining navbatdagi sammitini yuqori saviyada tashkil etish uchun hamkorlik qilish, shuningdek, Samarqand va Sindao shaharlarining turistik imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadida charter reyslarni amalga oshirish hamda ushbu shaharlarning birodarlashuv bitimini tuzishga kelishib olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2019, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют