» » “Liverpul” hujumchilari APL to‘purarlari ro‘yxatida peshqadam bo‘lib oldi

“Liverpul” hujumchilari APL to‘purarlari ro‘yxatida peshqadam bo‘lib oldi


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 36-turida “Liverpul” “Haddersfild”ni 5:0 hisobida mag‘lub etdi.

Mazkur o‘yinda “qizillar”ning ikki hujumchisi Sadio Mane hamda Muhammad Saloh dublga erishdi.

Natijada misrlik futbolchining joriy mavsum Premyer ligadagi gollari soni 21 taga yetdi va u to‘purarlar bahsida yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi. Mane esa 20 ta gol bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Undan keyingi o‘rinlarda borayotgan Serxio Aguero (“Manchester Siti”) va Pyer-Emerik Obameyang (“Arsenal”) hisobida esa 19 tadan gol mavjud.

Bundan tashqari Saloh 10 ta golga assistentlik qilgan bo‘lsa, Mane esa 3 ta golli uzatma berishga muvaffaq bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют