» » “Forish” poligonida O‘zbekiston, Turkiya va Pokiston harbiylarining qo‘shma mashg‘ulotlari yakunlandi (foto va video)

“Forish” poligonida O‘zbekiston, Turkiya va Pokiston harbiylarining qo‘shma mashg‘ulotlari yakunlandi (foto va video)


Jizzax viloyatidagi “Forish” poligonida O‘zbekiston, Turkiya va Pokiston qo‘shinlari bo‘linmalari o‘rtasida “Hamdo‘stlik qalqoni–2019” maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulotlarining yakuniy bosqichi o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mashg‘ulotlarni O‘zbekiston Qurolli Kuchlari bosh shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Shuhrat Ikromov, Turkiya hamda Pokistonning O‘zbekistondagi harbiy attashelari Mustafo Balo‘g‘li va Imron Orif, mas’ul ofitserlar va OAV vakillari bevosita kuzatib bordi.

Amaliy harakatlar davomida maxsus qo‘shma amaliyot kuchlari bo‘linmalari tomonidan tog‘li hududda shartli noqonuniy qurolli guruhni razvedka qilish, bloklash va yo‘q qilish, vertolyot aviatsiyasi yordamida bartaraf etish bo‘yicha vazifalar bajarildi. Mashg‘ulotga Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga tegishli ikkita Mi-24 vertolyotlari ham jalb etildi.

Shuningdek, har uchchala davlat harbiylari tomonidan ekstremal sharoitlarda yashovchanlikni ta’minlashda qo‘l keladigan sodda va unumli mexanizm namunalari ko‘rsatib berildi.

Tog‘ tayyorgarligi ilmlarini taqozo etadigan sinovlar chog‘ida uch guruhda, uchta o‘quv joyida hamkorlikda shartli ravishda noqonuniy qurollangan kuchlarga qarshi harakatlar chizmasi, taktik harakatlarning ketma-ketligi, cho‘qqilarni zabt etish va qo‘qqisdan zarba berish, o‘zaro aloqa uchun signallar o‘rnatish kabi topshiriqlar bajarildi.

Maxsus taktik mashqlar natijalariga ko‘ra, Turkiya, Pokiston va O‘zbekiston qurolli kuchlarining maxsus qo‘shma amaliyot kuchlari bo‘linmalariga yuklangan vazifalar muvaffaqiyatli bajarildi.

Shundan so‘ng “Forish” poligonida hamkorlikdagi mashg‘ulot ishtirokchilarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2019, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют