» » Shavkat Mirziyoyev Xitoyga tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumida ishtirok etish uchun 24—27 aprel kunlari amaliy tashrif bilan Pekin shahrida bo‘ldi.

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyevning Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashuvida O‘zbekiston va Xitoy hamkorligining yangi istiqbollari belgilab olindi.

Shuningdek, Belarus prezidenti, Tojikiston prezidenti, Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori, BMT bosh kotibi, Xitoy parlamenti raisi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Prezident Mirziyoyev “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumida ishtirok etib, nutq so‘zladi, mintaqaviy hamkorlik uchun dolzarb ahamiyatga ega qator tashabbuslarni ilgari surdi.

“Shavkat Mirziyoyev Xitoyga tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2019, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют