» » Kuzatuv kamerasi o‘rnatilgan chorrahani inspektor buyrug‘i bilan qizil chiroqda kesib o‘tgan haydovchilar jarimaga tortilmaydi

Kuzatuv kamerasi o‘rnatilgan chorrahani inspektor buyrug‘i bilan qizil chiroqda kesib o‘tgan haydovchilar jarimaga tortilmaydi


Toshkent shahrining 115 ta chorrahasida o‘rnatilgan kameralar 2017-yil 15-martdan boshlab qoidabuzarliklarni qayd eta boshladi. Kuzatuv kameralarining ishga tushishi bilan haydovchilar bir qator munozarali masalalarga duch kela boshladi. 16-mart kuni Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan brifingda chorrahalardagi kameralar bilan bog‘liq masalalarga aniqlik kiritildi.

Mavzuga doir: Kamera o‘rnatilgan chorrahaga yashil chiroqda kirib, undan chiqishga ulgurmagan haydovchilar jarimaga tortiladimi?

Kuzatuv kameralari o‘rnatilgan chorrahada tirbandlik yuzaga kelganda yoki maxsus delegatsiyalar hamda avtokolonnalarni o‘tkazib yuborish vaqtida chorraha yo‘l nazoratchisi tomonidan tartibga solinishi mumkin. Mazkur holatda inspektor svetoforning taqiqlovchi chirog‘i yonib turgan bo‘lsa ham, transport vositalariga chorrahani kesib o‘tishga ruxsat berishi mumkin.

Ushbu holat yuzaga kelgan taqdirda markaziy dispetcherlik xizmati ogohlantiriladi va inspektorning buyrug‘i bilan chorrahani qizil chiroqda kesib o‘tgan transport vositalarining egalari jarimaga tortilmaydi. Qoida bo‘yicha yo‘l nazoratchisi tomonidan tartibga solinadigan chorrahadagi svetoforlarda faqat sariq chiroq yonib-o‘chib turishi kerak.

Mavzuga doir: Toshkent chorrahalaridagi kameralar 36 soatda 10 mingdan ziyod qoidabuzarlikni qayd etdi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-03-2017, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 120) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют