» » AQSh Checheniston hukumati rahbariga nisbatan sanksiya joriy etdi

AQSh Checheniston hukumati rahbariga nisbatan sanksiya joriy etdi


AQSh Checheniston hukumati rahbari Muslim Xuchiyevga nisbatan sanksiyalar joriy etdi. Bu haqda Forum Daily xabar bermoqda.

AQSh Davlat departamentining 25-apreldagi bayonotiga ko‘ra, Xuchiyev va uning rafiqasi Sapiyat Shabazovaga Qo‘shma Shtatlar hududiga kirish taqiqlangan.

Amerika ma’muriyati ushbu qarorni Xuchiyev “inson huquqlarini qo‘pol ravishda buzishda” ayblanayotgani munosabati bilan qabul qilgan.

“AQSh Davlat departamenti ixtiyorida Muslim Xuchiyev qiynoqlarga aloqador bo‘lganini tasdiqlovchi haqqoniy axborotlar mavjud”, — deyiladi rasmiy bayonotda.

Ma’lumot uchun, Muslim Xuchiyev 2019-yil fevralida besh kun Chechenistonga rasman rahbarlik qilgan — o‘shanda respublikaning haqiqiy rahbari Ramzan Qodirov “vaqtinchalik mehnat faoliyatida bo‘lmagani” uchun hudud boshqaruvini Xuchiyevga topshirgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2019, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 53) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют