» » Andijon tumaniga pichoqqa ilinadigan rahbar yoqligi uchun viloyat xalq talimi boshqarmasi boshligi muvaqqat hokim boldi

Andijon tumaniga pichoqqa ilinadigan rahbar yoqligi uchun viloyat xalq talimi boshqarmasi boshligi muvaqqat hokim boldi


Andijon viloyati Xalq talimi boshqarmasi boshligi Furqatbek Buzrukov Andijon tumani hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ish boshlagan. Bu haqda, oz manbalariga asoslanib, Xabar.uz malum qildi.

Furqatbek Buzrukovning Andijon tumani jamoatchiligiga viloyat hokimining birinchi orinbosari Abdujabbor Egamberdiyev tanishtirgan. Ayni vaqtda, ushbu tumanga yetti yil rahbarlik qilgan Ulugbek Isomiddinovning oz vazifasidan ozod etilgani haqida rasmiy malum yoq.

Norasmiy malumotlarga kora, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov yigilishlarning birida Ulugbek Isomiddinov ayni paytda betobligi, salomatligini tiklab olgach, yana vazifasini davom ettirishini malum qilgan.

Isomiddinovga salomatlik tilagan holda aytamizki, rahbar odam biror sabab bilan vazifasini davom ettira olmasa, uning ishini muovinlari biri vaqtincha ado etadi odatda. Andijon tuman hokimining bir emas, bir necha orinbosari borligiga qaramay tumanga rahbarlik qilish viloyat xalq talimi boshqarmasi boshligiga yuklatilgani biroz ajablanarli, albatta. Manbamizga kora, bu holatni viloyat rahbariyati pichoqqa ilinadigan kadr yoqligi bilan izohlashgan, deb yozadi Xabar.uz.

Avvalroq, 2019-yil martida Andijon viloyati hokimligi nashri Andijonnomada Andijon tumani hokimi Ulugbek Isomiddinov haqida katta tanqidiy maqola elon qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
: admin (27-04-2019, 21:59)
-1 (: 3)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
:
-
:
20 ... -