» » Amrillo Nazarov Peshku tumani hokimiga aylandi

Amrillo Nazarov Peshku tumani hokimiga aylandi


16-mart, payshanba kuni Buxoro viloyati Peshku tumani xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmati.

Sessiyada Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev so‘zga chiqib, Peshku tumanida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, odamlarga munosib turmush sharoitlarini yaratish, ular bilan yaqindan muloqot qilish va muammolarini hal etish bo‘yicha ishlar talab darajasida emasligi tanqid qilinganini ta’kidlab o‘tdi.

Yig‘ilishda, paxta, qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat ekinlarini yetishtirishdagi past ko‘rsatkichlar, aholining kommunal to‘lovlardan qarzdorligi, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’mirtalabligi, ichki yo‘llarning yaroqsiz holatga kelib qolganligi ma’ruzada tanqidiy tahlil etildi.

Viloyat hokimi qayd etilgan mavjud muammolarni bartaraf etish hamda tumanni qoloqlikdan chiqarish borasida alohida kompleks dastur shakllantirish lozimligi xususida to‘xtalib, viloyatning barcha rahbarlariga o‘z tizimlari bo‘yicha ushbu dasturga kiritiladigan loyihalar xususida aniq takliflar taqdim etish bo‘yicha topshiriq berdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Peshku tuman hokimi Shavkat Mavlonov o‘z arizasiga binoan vazifasidan ozod qilindi. Shu kungacha viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan Amrillo Nazarov tuman hokimi etib saylandi.

Amrillo Nazarov (1966-yilda tug‘ilgan) 1991-yil Andijon paxtachilik institutini tamomlagan, 2009-yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tugatgan.

Mehnat faoliyatini 1997-yili Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari kotibiyatida boshlagan bo‘lib, 1999—2004-yillarda Romitan tumanida qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi, Buxoro viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi paxtachilikni, texnika ekinlarini rivojlantirish va navlarni joylashtirish bo‘limi boshlig‘i, 2004—2009-yillarda Buxoro viloyati g‘o‘za urug‘chiligi birlashmasi raisi, G‘o‘za urug‘chiligi respublika markazi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimlarida mehnat qilgan.

2012—2016-yillarda Buxoro viloyat g‘o‘za urug‘chiligi birlashmasi raisi sifatida ishlagan bo‘lsa, 2009—2012- va 2017-yildan beri Buxoro viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Oilali, ikki farzandi bor.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-03-2017, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют