» » Qirolicha Yelizaveta II Brexit’ni ma’qulladi. Tereza Mey hukumati Yevroittifoqdan chiqishni boshlashi mumkin

Qirolicha Yelizaveta II Brexit’ni ma’qulladi. Tereza Mey hukumati Yevroittifoqdan chiqishni boshlashi mumkin


Qirolicha Yelizaveta II Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqish jarayonini yo‘lga qo‘yish haqidagi qonunni ma’qulladi. Bu haqda, Reuters agentligi ma’lum qilmoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Qonun qirolicha tomonidan ma’qullanganidan so‘ng, Buyuk Britaniya hukumati Yevroittifoq tarkibidan chiqish bo‘yicha ittifoqning boshqaruv organlariga rasman murojaat qilish huquqiga ega bo‘ldi.

Mamlakat bosh vaziri Tereza Mey 31-martga qadar tegishli murojaatni Yevropa Ittifoqiga yo‘llashi kutilmoqda. Buyuk Britaniyaning ittifoqdan chiqishi jarayoni ikki yilcha vaqt oladi.

Avvalroq Buyuk Britaniya parlamenti mamlakat bosh vaziri Tereza Meyga mamlakatning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqish jarayonini boshlash vakolatlarini beruvchi tegishli qonun loyihasini 13-mart kuni qabul qilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-03-2017, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют