» » Londonda “O‘zbek kinosi kechasi” tashkil etilishi mumkin

Londonda “O‘zbek kinosi kechasi” tashkil etilishi mumkin


“O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Otabek Musayev Londondagi Xalqaro Vestminster universiteti professori Piter Kattarel bilan uchrashdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda 2017-yilda hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar, jumladan, oktabr oyida Londondagi Regent Street Cinema kinoteatrida “O‘zbek kinosi kechasi” tadbirini o‘tkazish muhokama qilindi.

“Uchrashuvda bu kabi madaniy tadbirlarni muntazam o‘tkazib borish ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash va yanada rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlab o‘tildi”, — deyiladi agentlik xabarida.

Ma’lumot uchun, 2015-yil iyunida Londonda “O‘zbekkino” bilan hamkorlikda “O‘zbek kinosi kuni” tashkil etilgan edi. Unda rejissor Mirmaqsud Oxunov tomonidan 2008-yilda suratga olingan “Shabnam” filmi namoyish etilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-03-2017, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют