» » Alla Pugachyova “Golos”da yutqazgan bolalarni restoranga olib bordi

Alla Pugachyova “Golos”da yutqazgan bolalarni restoranga olib bordi


Rossiyaning “Birinchi kanal”i orqali efirga uzatiladigan “Golos.Deti” teledasturi finalida mashhur qo‘shiqchi Alsuning 10 yoshli qizi Mikella Abramova g‘olib bo‘ldi, deb yozadi “MK.ru”. Alla Pugachyova finaldan keyin uning ishtirokchilari bilan uchrashdi.

Xonanda bolalarni Rublyovkadagi muhtasham restoranda to‘pladi. Har bir bolaga shakli “A” harfini eslatuvchi tilla kulon berib chiqdi.

“Alla Pugachyovaning oltin yulduzi” qo‘shiqchi tomonidan 2005-yildayoq ta’sis etilgan bo‘lib, Alla Pugachyova uni o‘ziga manzur bo‘lgan yosh iste’dod sohiblariga va tan olingan artistlarga ham topshiradi.

Bundan tashqari, final qatnashchilari san’atkordan sovg‘a tariqasida diplomlar va pul mablag‘lariga ega bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют