» » Saudiya Arabistonida bir vaqtning o‘zida 37 kishi qatl qilindi. Ba’zilari WhatsApp orqali mitinglar haqida xabar tarqatgan

Saudiya Arabistonida bir vaqtning o‘zida 37 kishi qatl qilindi. Ba’zilari WhatsApp orqali mitinglar haqida xabar tarqatgan


24-aprel kuni Saudi Press Agency davlat OAVsi Saudiya Arabistonida mamlakat tarixidagi eng ommaviy qatllar seriyasi bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi — hukumat 37 kishiga nisbatan o‘lim jazosini ijro etdi. Ulardan biri chormixga tortildi, bu jazo mamlakatda faqat eng jiddiy jinoyatlarda qo‘llaniladi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Qatl etilganlar orasida xavfsizlik organlari xodimlarini portlovchi modda yordamida o‘ldirganlik, terrorchilik yacheykalarini tuzganlik va terroristik mafkurani tarqatganlikda ayblanganlar bor edi. Ammo ular orasida go‘yoki voyaga yetgunga qadar amalga oshirilgan jinoyatlari uchun qatl etilganlar ham bor edi, bu esa xalqaro qonunlar bilan taqiqlangan.

Masalan, Abdulkarim al-Xavaj 16 WhatsApp orqali norozilik namoyishlari haqida ma’lumot tarqatganida bor-yo‘g‘i 16 yoshda bo‘lgan. 21 yoshida u omma oldida boshidan judo qilingan.

Mujtaba al-Sveykat 17 yoshida noroziliklarda qatnashgan, u 2012-yilda hibsga olingan.

Saudiya Arabistoni hukumati bayonotida qatl qilinganlarning barchasi o‘z aybiga iqror bo‘lgani aytiladi. CNN sud hujjatlariga tayanib xabar qilishicha esa, ularning ba’zilari sudda aybdor emasligini aytgan, ularning iqrorlari esa tergovchilar tomonidan yozilgan va ular tomonidan esa qiynoqlar ostida imzolangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2019, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют