» » 72 yoshli fransiyalik sayohatchi Atlantika okeanini bochkada kesib o‘tdi

72 yoshli fransiyalik sayohatchi Atlantika okeanini bochkada kesib o‘tdi


72 yoshli fransuz sayohatchisi Jan-Jak Saven Atlantika okeanini 450 kilogrammli bochka bilan suzib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi, deya xabar beradi AFP.

Saven: “122 kun va to‘qqiz soat suzishdan so‘ng, men meridianni kesib o‘tdim va Karib dengizi akvatoriyasiga kirdim. Sayohat yakunlandi. Barchangizga katta rahmat!” — deya elektron maktub yo‘llagan.

Ayni paytda, Saven bochka ichida Florida qirg‘oqlari tomon oqim bo‘ylab suzmoqda.

Saven o‘z sayohatini o‘tgan yilning oxirida Kanar orollaridan boshlagan edi. U kelajakda Fransiya va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi La-Mansh kanalidan mustaqil ravishda suzib o‘tishni rejalashtirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют