» » Toshkentda “Sharaf lentasi”ni ulashish aksiyasi o‘tkazildi (foto)

Toshkentda “Sharaf lentasi”ni ulashish aksiyasi o‘tkazildi (foto)


Toshkentda Ikkinchi jahon urushida matonat ko‘rsatgan hamyurtlarga ehtirom ramzi sifatida “Sharaf lentasi”ni ulashish aksiyasi o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

Dastlabki lenta tarqatish marosimi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi binosi yonida o‘tkazildi. Marosimning ochilishida yoshlar ittifoqi rahbariyati, taniqli fan, ta’lim va madaniyat namoyondalari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Milliy gvardiya orkestri jo‘rligida yangragan musiqa sadolari ostida ittifoq faollari hamda ko‘ngillilar milliy bayrog‘imiz ramzi tushirilgan “Sharaf lentasi”ni aholi vakillariga ulashdi. Mazkur aksiya butun mamlakat bo‘ylab o‘tkaziladi.

“Sharaf lentasi”ni aholi vakillariga ulashish poytaxtning Sayilgoh ko‘chasi, Xalqlar Do‘stligi maydonida hamda “Yoshlik” talabalar shaharchasida o‘tkazildi ham o‘tkazildi.

Aksiya davomida ishtirokchilar “Sharaf lentasi” aks etgan fotosuratlarini #SharafLentasi, #RibbonHonor, #LentaSlavi heshteglari ostida ijtimoiy tarmoqlarda joylab bordi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 123) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют