» » Ufada 46 yashar erkak oilasining 5 nafar a’zosini o‘ldirishda gumon qilinmoqda

Ufada 46 yashar erkak oilasining 5 nafar a’zosini o‘ldirishda gumon qilinmoqda


Ufa politsiyasi 2018-yil dekabrida o‘ldirilgan 5 kishining jasadini aniqladi. Ular shaharning Orjonokidze tumanidagi bog‘ uchastkasi qudug‘idan topildi, deya xabar bermoqda Boshqirdiston IIV.

Tergov qo‘mitasi ommaviy qotillikda 46 yashar erkakni gumon qilmoqda. Tergov versiyasiga ko‘ra, u o‘zining 39 yoshli turmush o‘rtog‘i, 2 va 6 yashar ikki farzandi, 22 yoshli o‘gay qizi va uning 9 oylik chaqalog‘ini o‘ldirgan.

Bu ish yuzasidan tekshiruv 2019-yil aprelida Ufada yashovchi ayol 22 yashar dugonasi va uning chaqalog‘i g‘oyib bo‘lgani haqida xabar qilganidan so‘ng boshlandi.

Politsiyachilar gumonlanuvchining uyiga kelganida u eshikni ochmadi va o‘z joniga qasd qilgani ma’lum bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют