» » Putin uchadigan samolyotni yaratish ishlariga rahbarlik qilgan aviakonsturktor vafot etdi

Putin uchadigan samolyotni yaratish ishlariga rahbarlik qilgan aviakonsturktor vafot etdi


Rossiyada “Ilyushin” aviakompleksining sobiq bosh konstruktori Genrix Novojilov 93 yoshida vafot etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Novojilovning rahbarligi ostida harbiy-transport va fuqarolik aviatsyasining eng ko‘p tarqalgan samolyotlari — Il-76 va Il-96 yaratilgandi.

Aviakonstruktor Rossiyadagi ilk keng fyuzelajli yo‘lovchi samolyoti Il-86, “uchuvchi qo‘mondonlik punkti” nomini olgan harbiy Il-80, uzoq masofaga uchuvchi Il-96-300 samolyotlarini yaratish ishlariga ham rahbarlik qilgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashriflari davomida aynan Il-96-300 samolyotining maxsus versiyasidan foydalanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют