» » Qozog‘istonlik model Londondagi Miss USSR UK—2019 tanlovida o‘rin oldi

Qozog‘istonlik model Londondagi Miss USSR UK—2019 tanlovida o‘rin oldi


Olmaotalik Laura Muxtar Londonda bo‘lib o‘tgan Miss USSR UK—2019 go‘zallik tanlovida o‘rin oldi, deb xabar berdi Tengrinews.

Tanlovning yakuniy bosqichida 11 nafar qiz ishtirok etgan. Kuzatuv natijalariga ko‘ra qozog‘istonlik 23 yoshli qiz uchinchi o‘rinni egallagan.

Ikkinchi o‘rinni esa rossiyalik model Kseniya Ocheredko olgan. Miss USSR UK—2019 unvonini esa armanistonlik 18 yoshli Angelina Chabanyan qo‘lga kiritgan.

U, shuningdek, internet orqali ovoz berish natijalariga ko‘ra “Tomoshabinlar e’tibori” mukofotiga ham sazovor bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Miss USSR UK tanlovi 2013-yilda rossiyalik tadbirkor Yuliya Titova tomonidan tashkil etilgan. Unda sobiq ittifoq davlatlaridan bo‘lgan eng chiroyli qizlar ishtirok etadi. Tanlov Londonda yettinchi bor o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют