» » Kim Chon Namning oilasi jasadni Malayziyadan olib ketish istagini bildirmadi

Kim Chon Namning oilasi jasadni Malayziyadan olib ketish istagini bildirmadi


Kuala-Lumpur aeroportida o‘ldirilgan Kim Chon Namning yaqinlari jasadni olib ketish istagini bildirmadi va Malayziya rasmiylariga bu masalani hal etish huquqini berdi. Bu haqda mamlakat politsiyasi rahbarining o‘rinbosari Nur Rashid Ibrohim ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

“Qarindoshlar Malayziya hukumati jasadni nima qilish masalasini hal etishiga rozilik berdi”, — deya ta’kidladi Nur Rashid Ibrohim.

Kyodo agentligiga ko‘ra, Malayziya rasmiylari 13-martdan beri Shimoliy Koreya bilan mamlakatdan fuqarolarini chiqarib olish borasida muzokaralar olib bormoqda.

Ularga Kim Chon Namning jasadi KXDRga berilishi evaziga Malayziyaga qaytishiga ruxsat berilishi mumkinligi istisno etilmadi. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Malayziya rasmiylari Kim Chon Nam jasadini olib ketish uchun uning oilasiga 3 hafta muddat bergandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-03-2017, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют