» » Yunon-rum kurashi. O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatini umumjamoa hisobida 2-o‘rinda yakunladi

Yunon-rum kurashi. O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatini umumjamoa hisobida 2-o‘rinda yakunladi


Xitoyning Sian shahrida bo‘lib o‘tgan sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda MOQ xabar berdi.

Musobaqaning so‘nggi kunida -60 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan O‘zbekiston  sharafini himoya qilgan Islom Bahromov barcha raqiblarini mag‘lub etib, Osiyo chempioniga aylandi.

Ta’kidlash joiz, bundan avvalgi bellashuvlarda Islomning ukasi Ilhom Bahromov ham oltin medalga sazovor bo‘lgandi.

Shuningdek, -97 kilogramm vazn toifasida Jahongir Turdiyev kumush medaliga egalik qildi. Kurashchi hal qiluvchi bellashuvda qirg‘izistonlik Uzur Juzupbekovga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Shu tariqa musobaqada jami jamg‘arilgan medallar soni esa 2 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronzaga yetdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют