» » O‘zbekistonlik karatechi Osiyo chempioniga aylandi

O‘zbekistonlik karatechi Osiyo chempioniga aylandi


Malayziyaning Kota-Kinabalu shahrida bo‘lib o‘tayotgan karate bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Bonu Egamberdiyeva kumite bahslarida oltin medalga ega bo‘ldi, deb xabar berdi MOQ.

-53 kilogramm vazn toifasida tatamiga chiqqan spotchi final yo‘lida Shri-Lanka, Hindiston, Qozog‘iston, oltin medal uchun kechgan bahsda esa Xitoy terma jamoasi vakilini mag‘lub etdi.

Ta’kidlash joiz, mazkur musobaqa doirasida Osiyo karate federatsiyasining navbatdan tashqari Kongressi ham o‘tkazilib, unda qator masalalar ko‘rib chiqildi. Unda kun tartibiga qo‘yilgan asosiy masala O‘zbekiston poytaxti joriy yil mezbonlik qiladigan Osiyo chempionati sanasining tasdiqlanishi bo‘ldi.

Shu tariqa Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati 15—21-iyul kunlari o‘tkazilishi rasman tasdiqlandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют