» » Qonunchilik hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash mexanizmi joriy qilindi

Qonunchilik hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash mexanizmi joriy qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-sonli Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash, davlat organlarining raqobatni cheklovchi qarorlarni qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan vazifalar yuklatilgan, deb xabar beradi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi axborot xizmati.

Ushbu vaziflardan kelib chiqib, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan ilg‘or xalqaro amaliyotga asoslangan qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash Metodikasi ishlab chiqildi va Adliya vazirligida 2019-yil 19-aprelda 3155-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Loyihalar va amaldagi qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarda tovar va moliya bozorlarida raqobatni bevosita yoki bilvosita cheklaydigan holatlarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan tegishli choralar ko‘rish maqsadida amalga oshiriladi.

Raqobatga ta’sirni baholash Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan 2 ta usulda, ya’ni, “ex-ante” – loyihalarni va “ex-post” – amaldagi qonun hujjatlarini raqobatga ta’sirini baholash tarzida amalga oshiriladi.

“Ex-ante” usuli bo‘yicha raqobatga ta’sirni baholash. Bunda, quyidagilarni nazarda tutuvchi loyihalar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga majburiy tarzda kiritiladi, ya’ni:

a) yangi cheklovlarni, ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlar

va litsenziyaning yangi turlarini kiritish;

b) litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni, shuningdek qo‘shimcha texnik tartibga solish shartlarini joriy etish;

v) tovar yoki moliya bozori ishtirokchilarida ortiqcha xarajatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan talablar (shartlar)ni kiritish;

g) tovar yoki moliya bozori ishtirokchilariga soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyoz, kafolat hamda boshqa preferensiyalar belgilash, shuningdek ayrim tovar yoki moliya bozori ishtirokchilariga eksklyuziv huquqlarni berish;

d) tabiiy monopoliya sub’ektlarining tovar (ish, xizmat)lari narxi (tarif)ni va boshqa tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) oshirish;

ye) iste’molchilar yoki tovar va moliya bozori ishtirokchilari uchun infratuzilma va tabiiy monopoliya sub’ektlarining tovar (ish, xizmat)laridan foydalanish shartlarini o‘zgartirish;

j) tabiiy monopoliya subyektlarini tovar va moliya bozorlarida ishtirokini mavjudligi;

z) davlat korxonalari va tabiiy monopoliya sub’ektlarini tashkil etish va qayta tashkil etish;

i) tovar va moliya bozorlarida davlat ishtiroki yoki davlat organlarining istalgan ko‘rinishdagi harakatlarining mavjudligi;

k) tovar va moliya bozori ishtirokchilarining istalgan ko‘rinishdagi resurslar, jumladan xom ashyo, materiallar, ishchi kuchi va moliyaviy resurslardan foydalanish shartlarining o‘zgarishi.

Loyihaning raqobatga ta’sirini baholash bo‘yicha Qo‘mitaning xulosasi loyiha ishlab chiquvchi tomonidan majburiy tartibda ko‘rib chiqilishi lozim.

Loyihani ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan Reglamentga asosan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xulosasi loyiha bilan birga huquqiy ekspertizadan o‘tkazishi uchun Adliya vazirligiga taqdim etiladi.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilganda unga Qo‘mita xulosasi majburiy tartibda ilova qilinadi.

Qo‘mita xulosasida loyihani qabul qilinishi raqobat muhitiga salbiy ta’siri ko‘rsatilganda, ushbu hujjat loyihani qabul qiluvchi tomonidan uni qabul qilmaslik uchun asos sifatida qaraladi.

“Ex-post” usuli bo‘yicha raqobatga ta’sirni baholash. Bunda, raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishini aniqlash yuzasidan amaldagi qonun hujjatlari yiliga kamida ikki marotaba xatlovdan o‘tkaziladi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi amaldagi qonun hujjatini raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid deb topganda:

- yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan qonun hujjatlari yuzasidan – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasiga tegishli tartibda takliflar kiritadi;

- vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan qonun hujjatlari yuzasidan – raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilish holatini belgilangan muddatda bartaraf etish to‘g‘risida qonun hujjatlariga muvofiq taqdimnoma kiritadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют