» » SSV: O‘rtachirchiqda beton to‘siqqa urilgan avtobusning 2 yo‘lovchisi operatsiya qilindi

SSV: O‘rtachirchiqda beton to‘siqqa urilgan avtobusning 2 yo‘lovchisi operatsiya qilindi


Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida beton to‘siqqa urilgan avtobus ichidagi 53 nafar yo‘lovchidan 27 nafari turli darajada tan jarohati olgan. Bu haqda “Daryo”ga Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Jarohatlanganlar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan zudlik bilan tekshiruvlardan o‘tkazilib, belgilangan tartibda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Ulardan 19 nafariga ambulator yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan. Yana 2 nafari Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, uyiga ruxsat berilgan. Ular patronaj xizmati nazoratiga olingan.

Qolgan 6 nafari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining travmatologiya va shoshilinch xirurgiya bo‘limlariga yotqizildi.

Ularning ikki nafari — 54 yoshli Asqad Kobilov va 2,5 yoshli Robiya Ma’murboyeva muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Ayni paytda jarohatlangan bemorlar o‘zini yaxshi his qilmoqda.

Shuningdek, ushbu yo‘l-transport hodisasi ishtirokchisi bo‘lgan barcha yo‘lovchilarning xonadonlariga borildi, ahvolidan xabar olinib, ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari tashkil etilgan.

Barcha bemorlar Sog‘liqni saqlash vazirligi nazoratida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 53) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют