» » Shveysariyada qor ko‘chkisi oqibatida to‘rt nafar chang‘ichi halok bo‘ldi

Shveysariyada qor ko‘chkisi oqibatida to‘rt nafar chang‘ichi halok bo‘ldi


Shveysariya Alp tog‘larida qor ko‘chkisi sodir bo‘lishi oqibatida kamida to‘rt nafar chang‘ichi halok bo‘ldi, deb xabar berdi “Korrespondent.net.”

Qayd etilishicha, ko‘chki 26-aprel kuni Fishertal qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. Biroq noqulay ob-havo sharoiti tufayli qutqaruv ishlari bir kun o‘tib amalga oshirilgan va halok bo‘lganlarning tanasi topilgan.

Ular Germaniyadan kelgan sayyoh ekanligi ma’lum bo‘lsa-da, hozirda politsiya ularning shaxsini aniqlash bilan shug‘ullanmoqda.

Huquq-tartibot organlari chang‘ichilar bosib o‘tgan 3000 metr balandlikdagi  yo‘lda bir necha ko‘chkilar sodir bo‘lganini aniqlagan. Ular yurgan yo‘nalish xavfli hisoblanmagan.

Ma’lum bo‘lishicha, so‘nggi 20 yil ichida bu yerda yiliga o‘rtacha yuzlab qor ko‘chkilari sodir bo‘ladi. O‘rta hisobda yil davomida ko‘chkilar oqibatida 23 nafar odam halok bo‘ladi.

Avvalroq Kanadadagi tog‘ ko‘chkisida 3 nafar buyuk alpinist halok bo‘lgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют