» » Real songgi 10 yillikdagi eng yomon natijasini qayd etmoqda

Real songgi 10 yillikdagi eng yomon natijasini qayd etmoqda


Futbol boyicha Ispaniya La Ligasining 35-turida Real Rayo Valyekanoga maglub boldi (0:1).

Bu Madrid klubining joriy mavsum La Ligadagi 10-maglubiyati boldi. Qirollik klubi songgi 2 mavsumdagi maglubiyatlarini qoshib hisoblaganda (6 va 3 tadan maglubiyat) ham bu safar koproq maglub boldi.

Real oxirgi 10 yil ichida bitta mavsumning ozida 10 ta uchrashuvda yutqazmagandi. Shuningdek, madridliklar barcha musobaqalarni hisoblaganda 16 marta maglubiyatga uchradi bu ham 2008/09-yilgi mavsumdan buyon eng yomon natija hisoblanadi.

Bu klub tarixida bitta mavsumdagi maglubiyatlar soni boyicha 4-natijaning takrorlanishi boldi.

Malumot uchun, Madrid klubi 1984/85 (19), 1995/96 (18), 1998/99-yilgi mavsumlarda eng kop maglub bolgandi. 2001/02, 2008/09 va 2018/19-yilgi mavsumlarda esa 16 tadan uchrashuvda yutqazgandi.

Pedro Martinning Twitterdagi rasmiy sahifasida xabar berishicha,Real Madrid 2002-yilning yanvar oyidan buyon ilk marta Rayo Valyekanoga imkoniyatni boy berib qoydi. Oshanda Rayo Valyekano Ispaniya Kubogida Realnixuddi shunday hisob bilan yutgandi. Takidlash joiz, ikki jamoa qarama-qarshiligining dastlabki oyinida madridliklar 4:0 hisobida galaba qozongandi.

Agarda La Ligadagi bahslarni hisobga olinadigan bolsa, Rayo Valyekano Real Madrid ustidan oxirgi marta 1997-yilning fevral oyida 1:0 hisobida galaba qozongandi.

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (29-04-2019, 17:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -