» » Nepalda 200 dan ortiq kishi noma’lum kasallikka chalindi, 10 kishi vafot etdi

Nepalda 200 dan ortiq kishi noma’lum kasallikka chalindi, 10 kishi vafot etdi


Nepal shimoli-g‘arbida joylashgan Xumla tumanida 200 dan ziyod kishi noma’lum kasallikni yuqtirib olgan, ulardan 10 nafari hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, Xumla tumani rahbari o‘tgan haftada hududning bir nechta qishloqlarida noma’lum kasallik tarqalgani, asosan keksa yoshli kishilar va bolalar uning qurbonini bo‘layotganini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, noma’lum kasallik epidemiyasi deyarli har yili olis qishloqlarda xuruj qilib turadi.

Qayd etilishicha, mahalliy hukumat epidemiya avj olgan qishloqlarga shifokorlar guruhlarini jo‘natgan.

“Hozirda shifokorlarimiz bemorlarga yordam ko‘rsatishni boshlagan, kasallikni aniqlash maqsadida qon tahlillari olinmoqda”, — degan Xumla tumani rahbari.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют