» » Germaniyada yo‘l muzlashi va do‘l yog‘ishi oqibatida 50 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi (foto)

Germaniyada yo‘l muzlashi va do‘l yog‘ishi oqibatida 50 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi (foto)


Sharqiy Germaniyadagi avtomobil yo‘lida 50 tadan ortiq mashina to‘qnashib ketdi, deb xabar berdi Sputnik.

Mamlakat yo‘l politsiyasining xabar berishicha, YTH yo‘lning muzlashi va do‘l yog‘ishi oqibatida sodir bo‘lgan. Haydovchilar noqulay ob-havo sharoiti sababli boshqaruvni eplay olmagan.

Hodisa Zul va Mayningen shaharlarini bog‘lovchi 71-trassada sodir bo‘lgan. Oqibatda 25 kishi jabrlangan bo‘lib, ulardan to‘rt nafari og‘ir ahvolda.

Qayd etilishicha, ayrim haydovchilar mashinalar salonida qisilib qolgan va ular voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar yordamida chiqarib olingan.

Avtomobil yo‘lida harakatlanish har ikki yo‘nalish uchun ham vaqtincha to‘xtatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют