» » Maktab derazasidan o‘zini tashlagan o‘quvchi qiz, O‘rtachirchiqda halokatga uchragan avtobus, endi o‘qishga kirishda talab qilinmaydigan “086-U-forma” va kunning boshqa xabarlari

Maktab derazasidan o‘zini tashlagan o‘quvchi qiz, O‘rtachirchiqda halokatga uchragan avtobus, endi o‘qishga kirishda talab qilinmaydigan “086-U-forma” va kunning boshqa xabarlari


29-aprelning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

Toshkentda 9-sinf o‘quvchisi maktabning ikkinchi qavati derazasidan o‘zini tashladi.

Qayd etilishicha, o‘quvchi qiz onasining sinf rahbari bilan gaplashishga kelganini bilib, shu tarzda maktabdan qochib ketmoqchi bo‘lgan.

***

O‘rtachirchiqda Buxorodan ziyoratdan qaytayotgan avtobus beton to‘siqqa borib urildi.

Ushbu avtobusda Toshkent viloyati Parkent tumani 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 37 nafar o‘quvchisi, 3 nafar o‘qituvchisi, 10 nafar ota-ona hamda 3 nafar haydovchi bo‘lgan.

Keyinroq Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida beton to‘siqqa urilgan avtobus ichidagi 53 nafar yo‘lovchidan 27 nafari turli darajada tan jarohati olgan.

Jarohatlanganlar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan zudlik bilan tekshiruvlardan o‘tkazilib, belgilangan tartibda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

***

Endi O‘zbekistonda o‘qishga kirishda “086-U-forma” talab qilinmaydi.

Hukumatning Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Endilikda oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishda 086-U-shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma talab qilinmaydi.

***

“O‘zto‘qimachiliksanoat”: 1-sentabrgacha barcha maktab o‘quvchilari forma bilan to‘liq ta’minlanadi.

Davlat maktablarining o‘quvchilariga forma ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘zi joylashgan hududdagi o‘quvchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Maktab formasi uchun ayrim joylarda import matolardan ishlatilishi mumkin. Foydalanilayotgan barcha materiallar standartlarga to‘la-to‘kis javob beradi.

***

O‘zbekistonda elektron moliyaviy piramida yaratuvchisi 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

U virtual o‘yinning har bir ishtirokchisiga 600 ming so‘m va’da qilgan. Shuningdek, do‘stlarini ham shu guruhga jalb qilganlarga bonuslar taqdim etgan. Ishtirokchilar o‘yinning keyingi bosqichiga o‘tib, yana ham ko‘proq pul ishlagan. Uning virtual o‘yinini 7 ming kishi o‘ynagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 60) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют