» » Saudiyada ayollar huquqlari bo‘yicha kengash yig‘ildi. Kengashda birorta ham ayol yo‘q edi

Saudiyada ayollar huquqlari bo‘yicha kengash yig‘ildi. Kengashda birorta ham ayol yo‘q edi


Saudiya Arabistoni hukumati 13-mart, dushanba kuni ayollar huquqini himoya qilish bo‘yicha kengashning birinchi yig‘ilishini o‘tkazdi. Yig‘ilishda birorta ayol yo‘q edi — tadbirda 13 nafar erkak qatnashdi, deya xabar beradi Meduza.

Shahzoda Faysal bin Mishal bin Saudning so‘zlariga ko‘ra, kengashning maqsadi — ayollarni ishga joylashtirish borasida yangi imkoniyatlarni yaratib berish.

Shuningdek, shahzoda “ayollar — erkaklarning singlisi” deya izoh berdi. Ushbu kengashni Faysalning rafiqasi — malika Abir bint Salmon boshqaradi.

Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, kengash majlisida ishtirok etishi kerak bo‘lgan ayollar qo‘shni xonada bo‘lgan. Ular erkaklar bilan videomuloqot orqali suhbatlashgan.

Saudiya Arabistoni ayollar huquqlarini cheklaganlikda muntazam ravishda tanqid qilinadi. Saudiyada istiqomat qiladigan ayollarning mamlakat bo‘ylab bemalol yurishlari va mashina haydashlariga haqqi yo‘q. Ular ovoz berish huquqini 2015-yildagina qo‘lga kiritgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-03-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют