» » Xalq ta’limi vazirligi: Xivadagi maktab o‘qituvchilarini hech kim issiqxona sotib olishga majburlamagan

Xalq ta’limi vazirligi: Xivadagi maktab o‘qituvchilarini hech kim issiqxona sotib olishga majburlamagan


Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Xiva tumanidagi 15-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchilariga tuman hokimligi bosimi ostida maktab direktori tomonidan issiqxonalarni majburiy tarzda o‘rnatilayotganligi haqida tarqalgan ma’lumotlar o‘rganib chiqildi.

O‘rganish natijasi shuni ko‘rsatdiki, maktab pedagog xodimlari va ishchilari orasida mamlakatda tomorqalardan samarali foydalanish va banklarning imtiyozli kreditlaridan foydalangan holda uyda parranda, tovuq, quyon boqish, issiqxonalar qurishning afzalliklari haqida ma’lumot berilgan.

15-sonli umumta’lim maktabi xodimlari bilan suhbatda ularni hech kim majburiy tarzda issiqxona sotib olishga undamaganligi aniqlandi.

Maktab direktoriga mazkur masala bo‘yicha xorijlik jurnalistlar qo‘ng‘iroq qilgan va majburiy issiqxona o‘rnatish holati yo‘qligini aytgan.

Xalq ta’limi vazirligi tizimda faoliyat yurituvchi xodimlarni turli majburiy tadbirlarga jalb etilganda ushbu havola orqali vazirlikka yoki mahalliy prokuratura organlariga murojaat qilishni so‘ragan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют