» » O‘zbekistonda 29 ta xo‘jalik jamiyatining davlat aksiyalari investorlarga sotiladi

O‘zbekistonda 29 ta xo‘jalik jamiyatining davlat aksiyalari investorlarga sotiladi


“Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi (PQ–4300, 29.04.2019-y.). Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Telegram’dagi rasmiy huquqiy axborot kanalida xabar qilinadi.

Qarorga muvofiq, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirish yo‘llari belgilanadi.

Kimyo va neft-gaz sanoati, mashinasozlik, bank-sug‘urta sohasidagi davlat aksiyalari, xususan, 29 ta xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitallaridagi davlat aksiyalari investorlarga sotiladi. “Aloqabank” AJ, “Qizilqumsement” AJ, “Coca-cola Ichimligi” qo‘shma korxonasidagi davlat aksiyalari shular jumlasidandir.

“Road Show” dasturlari ishlab chiqiladi.

Xalqaro biznes arenada O‘zbekistonning ijobiy imijini ilgari surish bo‘yicha “Invest in Uzbekistan” axborot kampaniyasi yaratiladi.

Shuningdek, 6 mlrd. 131 mln. dollarlik xorijiy investorlarga taklif etiladigan istiqbolli investitsiya takliflarining ro‘yxati tasdiqlandi.

2019-yilda O‘zbekiston vakillari 9 ta xalqaro iqtisodiy va investitsiyaviy forumlarda ishtirok etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют